AsosiyJamiyat

Yosh jurnalistlar uchun media-trening tashkil etildi

 

Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanidagi “Kamolot” yoshlar oromgohida o`tkazilgan media-treningda yosh jurnalistlar faol ishtirok etdi. 

Mazkur media-trening “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida o`tkazib kelinmoqda. 
Media-treningda “Yurt kelajagi”, “Kamalak yulduzlari” singari ko`rik-tanlovlarda g`olib deb topilgan iste`dodli yoshlar, harakat faollari, boshlang`ich tashkilot etakchilari, “Kamolot” faoliyatini yoritishda o`z iqtidorini namoyon etgan 150 nafar yosh, havaskor jurnalist ishtirok etdi. 
Ishtirokchilar matbuot, radio, televidenie, internet hamda matbuot xizmati guruhlariga bo`linib, “Internet jurnalistikasi va intervyu olish mahorati”, “Publisistika janrlari: yangiliklar tayyorlashning zamonaviy tamoyillari”, “Internet va fuqarolik jurnalistikasi: bloglar bilan ishlash texnologiyasi”, “Reportaj janri haqida asosiy tushunchalar” mavzularida ma`ruzalar tingladi. 
Media-trening yakunida faol ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. 

 

    Boshqa yangiliklar