AsosiyJamiyat

Muborak Ramazon oyining boshlanishi 18 iyunga to`g`ri keladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Muborak ramazon oyini munosib tarzda o`tkazish to`g`risida” Qaror e`lon qildi.

Qarorda 2015 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 18 iyun kuniga to`g`ri kelishi ma`lum qilingan.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Nuroniy” jamg`armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Ramazon oyini joylarda milliy an`ana va qadriyatlar, urf-odatlarimizga mos va hamohang tarzda o`tkazish bilan bog`liq chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Qarorda ushbu qutlug` oyda ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, oila va mahallalarda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, yoshi ulug` insonlarga e`tibor va g`amxo`rlik ko`rsatish, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning tabarruk qadamjolari va ziyoratgohlarini obodonlashtirish bo`yicha olib boriladigan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat berilishi nazarda tutilgan.  

 

    Boshqa yangiliklar