Toshkent shahar hokimligining 2015 yil 16 iyundagi Qarori bilan shahrimizning ayrim metro bekatlari nomlari tartibga keltirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar beradi.
Ushbu qarorga binoan Hamza nomli metro bekati nomi - Novza metro bekati, Habib Abdullaev nomli metro bekati nomi - Shahriston metro bekati deya o`zgartirildi.





