MTRK suhandoni R.Mirzaevning qasddan o`ldirilganligi holati yuzasidan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha Bosh prokuratura tomonidan o`tkazilgan dastlabki tergov natijasiga ko`ra fuqarolar Q.Shoazizov va U.Mirzaevlar Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblanib, jinoyat ishi mazmunan ko`rib chiqishlik uchun sudga yuborildi.
Eslatib o`tamiz, joriy yilning 2 mart kuni “O`zteleradiokompaniya” suxandoni Raxmatulla Mirzaevning o`ldirilganligi hodisasi yuzasidan Toshkent viloyat Prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.
Tergov natijalari to`g`risidagi batafsil ma`lumotlarni "Darakchi" gazetasining keyingi sonida o`qishingiz mumkin.





