O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Qarori bilan 2015 yilgi Zakot, Fitr sadaqa va Fidya miqdori belgilandi.
O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay`atining milodiy 2015 yil (hijriy 1436 yil) uchun Zakot nisobi 1 gramm tillaning bugungi kundagi bozordagi o`rtacha narxi 84 000 (sakson to`rt ming) so`m ekanligini inobatga olib, 85 gramm tilla hisobidan zakot nisobi 7 140 000 (etti million bir yuz qirq ming) so`m ekanligi va mazkur summaning qirqdan bir hissasi, ya`ni 178 500 (bir yuz etmish sakkiz ming besh yuz) so`m zakot chiqarish belgilandi.
Bu yilgi Fitr sadaqasi miqdori viloyat, shahar va tuman bozorlaridagi 2 kilogramm bug`doy narxidan kelib chiqqan holda belgilansin (Masalan Toshkent shahar bozorida 1 kilogramm bug`doyning narxi o`rtacha 1600 so`m bo`lsa, demak 2 kilogramm bug`doy narxi 3200 so`m bo`ladi);
Bu yilgi Fidya miqdori bir och odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo`lib, o`rtacha 10 000 (o`n ming) so`m deb belgilansin.





