AsosiyJamiyat

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun Samarqandga sayohat uyushtirildi

Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, “O`zbekiston temir yo`llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi va O`zbekiston Xalq ta`limi vazirligi hamkorligida Toshkent shahridagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining Samarqand shahriga sayohati uyushtirildi.

“Ona Vatan tarixi” shiori ostida tashkil etilgan ushbu sayohat o`quvchi-yoshlarni yozgi ta`til davrida qadimiy va navqiron Samarqand bilan yaqindan tanishtirish, bu erdagi tarixiy obidalar, yodgorlik majmualari haqida ko`plab ma`lumotlarga ega bo`lish, ushbu noyob merosni asrab-avaylashga o`rgatish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

Bolalar Samarqandning noyob me`moriy ansambllari, istiqlol yillarida barpo etilgan muhtasham inshootlar, saylgohlar, dam olish maskanlari bilan tanishib, ular haqida batafsil ma`lumotlarga ega bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar