AsosiyShou-biznes

Madaniyat va sport ishlari vaziri tayinlandi

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga vazir tayinlandi.

Madaniyat va sport ishlari vazirligida avval Madaniyat va sport ishlari vazirining o`rinbosari - "O`zbeknavo" estrada birlashmasi bosh direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan, shuningdek vazir vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Axmedov Baxodir Majidovich vazir etib tayinlandi.

B.Axmedov shu kungacha vazirlikning tuman bo`limida badiiy rahbar, tuman bo`limi mudiri, Toshkent shahar boshqarma boshlig`i o`rinbosari, Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig`i va vazir o`rinbosari lavozimlarida ishlagan.

B.Axmedovga mamlakatimiz madaniyati, san`ati va sportini rivojlantirishdagi ishlarida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaymiz.

    Boshqa yangiliklar