AsosiyJamiyat

O`zgidromet: “May oyida ob-havoning sovishi va kuchli yog`ingarchiliklar iqlimimizga xosdir”

Mamlakatimiz hududida may oyining so`nggi kunlari sovuq va seryog`ingarchilik ob-havo hukmronlik qildi, mazkur holat haqida ma`lumot olish maqsadida “Darakchi” gazetasi “O`zgidrometmarkazga” murojaat qildi.

Markaz axborot xizmati muxbirimizga quyidagilarni ma`lum qildi:

“O`zbekiston hududlarida 23-24 mayda ob-havoning sovishi va yomg`irlar yog`ishi bilan kuzatilgan beqaror xarakterli ob-havo bizning O`rta Osiyo iqlimimiz uchun xos hodisadir. Buning uchun o`tgan yilning 30 may kunida yog`ib o`tgan jala yomg`irni eslab o`tish etarlidir.

May oyi uchun, hattoki uning oxirgi o`n kunligi uchun issiq ob-havoli davrlar, salqin davrlar bilan almashishi xarakterlidir. Odatda barqaror issiq havo may oyida hali o`rnashmaydi.

Oxirgi 10 yilda kunduzgi haroratning eng past qiymatlari Toshkentda may oyining oxirgi o`n kunligi uchun 20-22o ni tashkil etgan (2007, 2008, 2013 yy.). Biroq bunday past haroratli davrlar 1-2 kundan ko`p bo`lmaydi.

Bu davr uchun eng yuqori harorat qiymatlari 35-37o bo`lgan (2009, 2010, 2014 yy.). Kuzatishlarga ko`ra (140 yil atrofida) haroratning absolyut maksi-mumi Toshkentda may oyining oxirgi o`n kunligida 40o issiqni tashkil etadi. Oxirgi marta bunday harorat 1961 yilda (ilgariroq 1902 yilda) kuzatilgan.

Yozning birinchi haftasida O`zbekistonda issiq va quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 17-22o, kunduz kunlari 33-38o, ba`zi joylarda 40o gacha, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 41-43o gacha bo`lishi kutilmoqda”.

    Boshqa yangiliklar