AsosiyJamiyat

Janubiy Koreyaning imtiyozli kreditlarini jalb etish bo`yicha 7 ta bitim imzolandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening taklifiga binoan 27-29 may kunlari davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo`ldi. 
Tashrif doirasida bu borada Janubiy Koreyaning imtiyozli kredit resurslarini jalb etish bo`yicha 7 bitim imzolandi. Sanoatni modernizasiya va diversifikasiya qilish, infratuzilmani rivojlantirish dasturlari doirasida ustuvor loyihalarni moliyalashtirish uchun Koreya Respublikasi banklarining umumiy qiymati 2,9 milliard dollarlik uzoq muddatli investisiya kreditlarini jalb etish bo`yicha 6 bitim, “EDCF” fondining 33 million dollarga teng imtiyozli kreditini jalb qilgan holda, “Maktab ta`limida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” loyihasini moliyalashtirish bo`yicha zayom bitimi ham imzolandi. 
O`zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o`rtasida “EDCF” fondi liniyasi bo`yicha imzolangan 2015-2019 yillarga mo`ljallangan hamkorlik dasturida qiymati 415 million dollarlik uzoq muddatli imtiyozli kreditlarni jalb etish orqali 6 loyiha, shu jumladan, Toshkent shahrida IV darajali zamonaviy ko`p tarmoqli, yuqori darajada ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazini, “elektron hukumat” tizimi ma`lumotlarini qayta ishlaydigan davlat markazini tashkil etish, axborot-kommunikasiya texnologiyalari asosida suv resurslarini boshqarish tizimini joriy qilish loyihalarini hayotga tatbiq etish ko`zda tutilgan. 
 

    Boshqa yangiliklar