“Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi barkamol avlod tarbiyasi, iste`dodli yosh avlodni qo`llab-quvvatlash, ota-ona mehridan bebahra bolalarga mehr ko`rsatishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan.
1 iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag`ishlab qator tadbirlarni amalga oshirmoqda. Bu kabi tadbirlar o`ziga xos sarhisob bo`lib, nafaqat bayram arafasida, balki yil davomida o`tkaziladi.
1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Har bir bolaga mehr, e`tibor” shiori ostida maxsus 10 kunlikni tashkil etish to`g`risidagi 69-sonli majlis bayonnomasi ijrosini ta`minlash maqsadida 2015 yilning 2 iyun kuni soat 09:00 dan 13:00 gacha “Sog`lom avlod uchun” fondi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirliklari, Respublika “Sen yolg`iz emassan” bolalar jamoatchilik jamg`armasi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar Hokimliklari hamkorlikdagi an`anaviy tadbirlardan biri “Mehribonlik” uylari tarbilanuvchilari uchun Toshkent shahridagi “Toshkent-Lend” bolalar istirohat bog`ida xayriya tadbirini o`tkazdi.
Bayram tadbirida Toshkent (14 va 15-sonli “Mehribonlik” uylari) viloyati hamda Toshkent shahridagi (21, 22, 23 va 30-sonli “Mehribonlik” uylari va SOS O`zbekiston Bolalar mahallalari) jami 1000 nafarga yaqin “Mehribonlik” uylari va Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari tizimida o`z xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo`lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo`qotgan, kam ta`minlangan oilalar farzandlari uchun barcha ko`ngilochar atraksionlar bepul tashkil etiladi. Homiylar tomonidan bepul muzqaymoqlar va salqin ichimliklar berildi.





