AsosiyDunyo

Venesiya va San-Fransisko er yuzidan yo`qolishi mumkin

AQShlik mutaxassislar g`alati tadqiqot o`tkazishdi. Ular 85 yildan so`ng yo`qolib ketishi mumkin bo`lgan shaharlar ro`yxatini tuzishdi.

Ushbu ro`yxatdan sayyoramizning turli burchaklarida joylashgan etti shahar joy olgan. Ular San-Fransisko, Detroyt, Venesiya, Mexiko, Tibuktu, Neapol va Rossiyadagi Ivanovolardir. Bu haqda “Zvezda” telekanali ma`lumot bergan.

Ushbu ro`yxatni tuzishda amerikalik olimlar aholi punktlari infrastrukturasi, ularning geografik joylashuvi va ijtimoiy jihatlarini inobatga olishgan.

Shunday qilib, Venesiya suv ostida  qoladi, Mexiko esa, qurigan ko`l tubiga g`arq bo`ladi. Ivanovoda esa, ayollar son jihatdan erkaklardan o`zib ketadi. Bu esa, ohir-oqibat tug`ilish darajasiga keskin ta`sir etadi. Bu shaharlarning yo`qolib ketishiga yana bir sabab, ulardagi aholining boshqa, yashash qulayroq bo`lgan maskanlarga ko`chib ketishidir.

    Boshqa yangiliklar