AsosiyShou-biznes

Oshiqlarning qismati hijronmi?..

“Yoshlar” telekanali orqali taqdim etilayotgan “Senga oshiqman”  nomli hind seriali ko`plab tomoshabinlar muhokamasiga sabab bo`lmoqda. Serialni qiziqish bilan tomosha qilayotgan gazetamiz muxlislari ham tahririyatimizga bir necha bor qo`ng`iroq qilib serial va uning bosh qahramonlari haqida qisqacha ma`lumot berishimizni iltimos qilishdi.

Film nomi:  “Senga oshiqman”  (Meri Aashiqui Tum Se Hi)

Janr: Drama, melodrama
Rejissyor: Sunali Jafar
Rollarda: Shakti Arora, Sha=ob Xon, Utkarsha Nayk, Radxika Madan, Sarita Joshi, Pritvi Sanxala:

Serial haqida qisqacha: Mazkur serial 2014 yilda Hindiston kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan. Serialda bosh qahramonlar Ishan va Ranvir bolalikda do`st bo`lib, birga ulg`ayishadi. Ranvir va Ishanning oilasi mutlaqo boshqa-boshqa tabaqa vakillari ekanligi ikki yoshning kelajakdagi taqdiriga to`sqinlik qiladi. Chunki Ishanning oilasi juda badavlat va obro`li xonadon bo`lib, Ranvirning oilasi esa bu xonadonda ancha yillardan beri xizmatkorlik qilib keladi. Avvaliga Ishan Ranvirning unda ko`ngli borligini sezmaydi. Ammo keyinchalik, Ranvir va Ishan voyaga etib,  ular orasidagi do`stlik rishtalari mustahkamlanibgina qolmay, bundanda yuksakroq tuyg`ularga aylanadi. Yoshlar muhabbati yo`lida qancha to`siqlar borligini bilishardi. Ammo yurakka buyruq berib bo`larmidi?..

 Ranvir va Ishan  muhabbatlari yo`lida turli to`siq va qiyinchiliklarga duch kelib, iztirob chekadilar. Lekin serial yaxshilik bilan yakun topadi...

Serial qahramonlari bilan tanishamiz

ShAKTI ARORA — Ranvir

Tug`ilgan yili: 16 may, 1986 yil

Millati: hind

Kasbi: Akter

Yashash joyi: Mumbay, Hindiston

Bobosi: hind kinoaktyori Chondroshekxor

Shakti Arora hind televizion teatri aktyori hisoblanadi. Shakti bir qancha mashhur film va teleshoular orqali ko`pchilik hind kinoxlosmandlariga yaxshi tanish.  Shakti Arora partnyori Nexa Saksena bilan birgalikda Hindistonning “Star Plus” nomli telekanali orqali namoyish etib kelinayotgan “Nach Baliye” nomli raqs shousidagi ishtiroki bilan ham ko`pchilik hind kinoixlosmandlariga yaxshi tanish. Shaktining mazkur “Senga oshiqman” serialidagi bosh roli ko`plab tomoshabinlar diqqatini tortdi.

RADXIKA MADAN — Ishan

Tug`ilgan yili : 1 may, 1995 yil
Tug`ilgan joyi: Dehli

Kasbi: raqqosa, aktrisa

Xobbisi : raqs va kino

Kino olamida namoyon bo`lgan yangi chehra —  Radxika Madan Hindistonning Dehli shahrida raqs san`atidan saboq beradi.  “Senga oshiqman” serialidagi roli  Radxikaning ijodiy muvaffaqiyatiga ulkan hissa qo`shdi. Radxika kelajakda raqqosa bo`lishni bolaligidanoq orzu qilardi.  Ayni damda esa uning orzulari ushalib, Dehlidagi raqs akademiyasida faoliyat yuritib kelmoqda.  

SARITA JOShI — buvi

Tug`ilgan yili: 17 oktyabr, 1941 yil

Tug`ilgan joyi: Maxarashtra

Kasbi: aktrisa

Oilasi: turmush o`rtog`i — Previn Joshi, farzandlari — Ketki Deyv, Purbi Joshi

 

Sarita Joshi  nafaqat kino aktrisasi, balki u Gujarot teatrlarining birida faoliyat yuritadi. Sarita Joshi 1988 yilda Hindiston Milliy musiqa, raqs va drama akademiyasi tomonidan Gujarot harakati uchun Sanget Natak akademiyasi mukofotiga sazovor bo`lgan. Sarita teatr rejissyori va dramaturgi Previn Joshining turmush o`rtog`i bo`lib, aktrisaning Ketki Devi va Purbi Joshi ismli farzandlari bor. Sarita Joshi ilk marotaba 16 yoshida Hindiston Milliy teatrida o`z faoliyatini boshlaydi. Ayna shu erda o`z taqdiri, turmush o`rtog`i Previn Joshi bilan tanishdi. 1980 yilda ekran orqali namoyish etilgan “Titliyan” (“Kapalaklar”) teleserialidagi ijrosi  uning debyut roli hisoblanadi.

Mohichehra EShMIRZAEVA tayyorladi

 

 

    Boshqa yangiliklar