AsosiyJamiyat

Toshkentda “Kitob bayrami” boshlandi (FOTO)

28 may kuni an`anaviy Respublika “Kitob bayrami” ma`naviy-m`rifiy, ijtimoiy tadbirining birinchi kuni o`tkazildi.

Tadbir O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ko`magida bir qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar Markazlar hamda Toshkent shahrida “Adabiyotga e`tibor  ma`naviyatga, kelajakka e`tibor” shiori ostida o`tkazilmoqda.

Kitob bayramining bosh tadbiri poytaxtimizning G`afur G`ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida 28 may kuni soat 10:00 da boshlandi. 

Toshkentda o`tayotgan tadbirda respublikada faoliyat yuritayotgan 100 ga yaqin nashriyot, matbaa, korxonalari va kitob savdosi tashkilotlari o`z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. 

G`afur G`ulom bog`i sahnasida taqdim etilgan turli qiziqarli sahna ko`rinishlari, koreys, gruzin xalqlarining antiqa raqslari, shuningdek, qo`g`irchoqlar tomonidan taqdim etilgan xorazmcha raqs va diltortar qo`shiqlar tomoshabinlarga manzur bo`ldi.

Quyida Kitob bayramining birinchi kuni tasvirlangan lavhalar bilan tanishishingiz mumkin.

Mohichehra Eshmirzaeva

    Boshqa yangiliklar