AsosiyDunyo

OAV: Keniyalik advokat Barak Obamaning qizi uchun 150 bosh qora mol va`da qildi

Keniyalik yosh advokat Feliks Kiprono AQSh prezidenti Barak Obamaga uning qizi Maliya uchun 50 ta sigir, 70 ta qo`y va 30 ta echki va`da qildi.

Bu haqda The Nairobian jurnali xabar berdi.

"Men unga 2008 yildan beri befarq emasman", - deydi advokat. Uning so`zlariga ko`ra, u Obamaning qiziga vafodor bo`lishni va`da qilganidan beri hech kim bilan uchrashmagan.

U Obamaning iyul oyida Keniyaga bo`lgan rasmiy tashrifi chog`ida qizini ham birga olib kelishiga ishonmoqda. Obamaning otasi asli Keniyalik bo`lganligi sababli Kiprono Maliyaga turmush qurishni aynan shu erda taklif qilmoqchi.

"Odamlar meni Obamaning boyligi qiziqtiradi deb o`ylashlari mumkin, ammo unday emas, - deydi u. – Mening muxabbatim chin".

    Boshqa yangiliklar