O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi respublikadagi onalik va bolalikni sog`lomlashtirish davlat dasturiga muvofiq 5 yoshgacha bo`lgan bolalar o`rtasida vitamin A saplementasiyasini o`tkazib kelmoqda. Buning natijasida O`zbekistonda vitamin A defisiti muammolari omadli hal etilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda vitamin A saplementasiyasining 23 ta bosqichi o`tkazildi, har bir bosqichida 6 dan 60 oylikkacha bo`lgan 2,2 million bola qamrab olingan.
25 dan 30 maygacha respublika bo`ylab Sog`liqni saqlash vazirligi va YuNISEF bilan hamkorlikda «Sog`lom bola haftaligi» o`tkazilmoqda. Haftalik doirasida butun mamlakat bo`ylab vitamin A saplementasiyasining navbatdagi 24-bosqichi o`tkaziladi, uning doirasida 6 oylikdan 5 yoshgacha bo`lgan 2,6 millon bola vitamin bilan ta`minlanadi.
Tadbirning asosiy maqsadi bolalar salomatligini himoya qilish, immun statusini ko`tarishdan iborat.





