28-30 may kunlari O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ko`magida bir qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar Markazlar hamda Toshkent shahrida “Adabiyotga e`tibor – ma`naviyatga, kelajakka e`tibor” shiori ostida an`anaviy Respublika “Kitob bayrami” ma`naviy-m`rifiy, ijtimoiy tadbiri o`tkaziladi.
“Kitob bayrami”ning bosh tadbiri poytaxtimizning G`afur G`ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida 28 may kuni soat 10:00 da boshlanadi.
Toshkentda o`tayotgan tadbirda respublikada faoliyat yuritayotgan 100 ga yaqin nashriyot, matbaa, korxonalari va kitob savdosi tashkilotlari o`z mahsulotlari bilan ishtirok etadi. “Kitob bayramida” ikki millionga yaqin aholi ishtirok etishi kutilmoqda.
2015 yilning 1 may holatiga ko`ra, 110 ta nashriyot, 1650 ta matbaa korxonasi davlat ro`yhatidan o`tkazilgan. Respublika nashriyotlari tomonidan har yil 3 ming nomdan ziyod, umumiy adadi 45 mln. nusxadan ortiq turli kitob mahsulotlari nashr etilmoqda.
Bayramning ikkinchi kuni “Bunyodkor” yoshlar telemajmuasi orqali “Kitob bayrami”ning Toshkent shahri va hududlarda o`tkazilishi borasida tadbir ishtirokchilarining to`g`ridan-to`g`ri muloqoti bo`lib o`tadi. Uchinchi kun “Yilning eng yaxshi kitobi” ko`rik tanlovi e`lon qilinadi.





