AsosiyJamiyat

Markaziy bank Rossiya OAVlaridan rasmiy raddiya talab qildi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bayonoti

Rossiya Federasiyasi ommaviy axborot vositalarida, jumladan “Rossiya-24” telekanalida O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki jismoniy va yuridik shaxslar uchun valyuta operasiyalarini to`xtatib qo`yganligi haqida tarqatayotgan xabarlari munosabati bilan shuni ma`lum qilamizki, ushbu xabarlar o`ydirma va g`irt bo`hton bo`lib, valyuta operasiyalariga hech qanday cheklov o`rnatilmagan.

O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq joriy xalqaro operasiyalar va u bilan bog`liq xorijiy valyutani sotib olish yoki sotish operasiyalari cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

Shu yil aprel-may oylarida tashrif buyurgan Xalqaro valyuta jamg`armasining missiyasi O`zbekistonning tashqi iqtisodiy mavqei mustahkamligi, joriy xalqaro operasiyalar hisob-kitobi bo`yicha profisitga egaligi, oltin-valyuta zahiralari darajasi etarliligi, davlat qarzi darajasi pastligi va bank tizimining barqarorligini tasdiqladiki, bu O`zbekistonda valyuta cheklovlarini kiritishga hech qanday asos yo`qligini isbotlaydi.

Ayni paytda 1 AQSh dollarining rasmiy almashuv kursi yuqorida nomi keltirilgan Rossiya telekanali bayon etganidek 5000 so`m emas, balki 2527 so`mdir.

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki ushbu bayonotni rasmiy raddiya sifatida Rossiyaning tegishli ommaviy axborot vositalarida e`lon qilinishini talab qiladi.

    Boshqa yangiliklar