Bugun respublikamizning barcha umumta`lim maktablarida so`nggi qo`ng`iroq jarangladi.
Joriy o`quv yilida mamlakatimizdagi barcha umumta`lim maktablarining 9-sinflarini 483 mingdan ziyod o`quvchi tamomlaydi, – deydi Xalq ta`limi vazirligi ta`lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bosh boshqarmasi boshlig`i Fayzulla Ahmedov O`zA muxbiriga bergan intervyusida. – Maktablarda bir necha bor so`rovnoma o`tkazilib, maktabni tamomlayotgan o`quvchilarning ta`limning keyingi bosqichini qaysi o`quv dargohida davom ettirish istagi o`rganildi.
Unga ko`ra o`g`il-qizlarning 8,7 foizi akademik liseylarda, 91,3 foizi kasb-hunar kollejlarida o`qish niyatida ekanini bildirgan.
...Qo`ng`iroq jarangi o`quvchilarni mustaqil hayot sari chorlaydi. Endigi hayotini, qilajak ishlarini yana bir bor mulohaza qilishga, o`zi uchun to`g`ri yashash nizomini belgilab olishga undaydi. “Kelajakda ezgu ishlarga intilib, buyuk ajdodlarga munosib bo`lib yashash lozim!” Bu yuksak mas`uliyat, bu ezgu da`vat bugungi qo`ng`iroq sadosidek bir umr qalblarda jaranglab turadi.





