AsosiySport

Markaziy Osiyo bo`yicha mutlaq chempion va 13 medal

Bodibilding va fitnes bo`yicha Markaziy Osiyo shohsupasida joriy yilning Qozog`istonning Olma-Ota shahrida bodibilding va fitnes sport turi buyicha o`tkazilgan Markaziy Osiyo chempionatida sportchilarimiz Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, 13 medal — 6 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo`lga kiritishdi.

Bundan tashqari ushbu musabaqada hamyurtimiz 21 yoshli Mixail Volinkin mutloq chempion maqomiga sazovor bo`ldi.

Nufuzli musobaqada milliy terma jamoamizdan 20 nafar sportchi, Turkmanistondan 10, Qirg`izistondan 10, Qozog`istondan 80 sportchi ishtirok etishdi.  Bu musobaqa poytaxtimizda bo`lib o`tishi kutilayotgan Osiyo chempionatiga yo`llanma beruvchi muhim musobaqa edi, — deb xabar beradi O`zbekiston bodibilding va fitnes sporti federasiyasi bosh kotibi Farhod Matkarimov.

    Boshqa yangiliklar