AsosiyJamiyat

O`zbekistonning sayyohlik salohiyati Avstriyaning «Studiosus» jurnalida

O`zbekistonning sayyohlik salohiyati dunyoning aksariyat mamlakatlari OAVlarida tez-tez yoritilayotganligi bugun O`zbekiston dunyo sayyohlik bozoridagi o`rnini mustahkamlayotganidan darak beradi, deya xabar beradi "Jahon" AA. 
Yaqinda Avstriyaning mashhur jurnallaridan biri «Studiosus»da O`zbekistonning sayyohlik salohiyati to`g`risida nashr qilingan maqolasi, jurnal o`quvchilari tomonidan qiziqish bilan kutib olindi.
Materialda dunyoda hech bir davlat haqida ushbu makonchalik afsonalar ko`p to`qilmaganligi alohida ta`kidlangan.
“Ushbu mamlakatga tashrif buyurgan har bir sayyoh, afsonaviy takrorlanmas makonning qadimiy binolarida tarixning haqiqiy jarayonlarini his qiladi”,- deyiladi maqolada. –Ularning aksariyati YuNESKOning butunjahon yodgorliklari ro`yxatiga kiritilgan.
“ Studiosus” o`rta asrlar machitlari saroy va mavzoleylari, marvarid bezaklar bilan bezalgan naqshlar, ayniqsa o`zbek xalqining mehmondo`stligi, sharqona bozorlari va shirin taomlari hech bir sayyohni bee`tibor qoldirmasligini aytib o`tgan.
O`zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar oxirgi vaqtlarda mamlakatdagi sayyohlik xizmatlariga yuqori baho berib, O`zbekistonda tarixni his qilish uchun barcha zamonaviy qo`layliklar mavjudligi haqida gapirilib o`tilgan.

    Boshqa yangiliklar