AsosiyJamiyat

Voyaga etmaganlar bilan ishlashda yo`l qo`yilayotgan nuqsonlar tanqid qilindi

Bosh prokuraturada O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha komissiyaning yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Komissiya yig`ilishida o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida “Ta`lim to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosi, o`quv jarayonining davlat ta`lim standartlari asosida tashkil etilishi, o`quvchilarning darsliklar bilan ta`minlanishi hamda moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanilishi, shuningdek, bu borada Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida amalga oshirilgan ishlarning ahvolini o`rganish natijalari muhokama etildi.

Yig`ilishda mamlakatda umumiy o`rta, shuningdek, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limining majburiyligi, uzluksizligi hamda izchilligini ta`minlash, ta`lim jarayonini davlat standartlariga mos ravishda tashkil qilish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, barkamol avlodni tarbiyalash borasida ta`lim muassasalari, mahalla, ichki ishlar organlari va boshqa mutasaddi idoralar hamda tashkilotlar bilan hamkorlikda muayyan ishlar amalga oshirilayotganligi ta`kidlandi.

O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi va uning quyi tizimlari faoliyatida yo`l qo`yilayotgan nuqsonlar tanqid qilindi.

Yig`ilishda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, innovasion usullarini joriy qilish orqali ta`lim sifatini oshirish, ta`lim muassasalarida davomatni monitoring qilish, o`quv adabiyotlari bilan ta`minlash, shuningdek o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olishda mutasaddi idoralar mas`uliyatini oshirish va o`zaro hamkorligini mustahkamlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Shu bilan birga, mazkur sohadagi qonunchilik ijrosini so`zsiz ta`minlash maqsadida Voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha komissiya tarkibiga kiruvchi mutasaddi idora va tashkilotlarning foydalanilmayotgan imkoniyatlarini to`liq safarbar qilish zarurligiga alohida e`tibor qaratildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hokimlari hamda prokurorlarining hisobotlari eshitildi.

Ko`rib chiqilgan masala yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha komissiya tegishli qaror qabul qildi.

    Boshqa yangiliklar