AsosiyJamiyat

Respublikaning eng yaxshi tergovchilari aniqlandi

An`anaga binoan har yili tergov tizimi xodimlari orasida «Eng yaxshi tergov jamoasi», «Eng yaxshi tergovchi» ko`rik-tanlovlari o`tkaziladi. Joriy yilda tanlovning hududiy bosqichlarida ishtirok etgan 50 nafarga yaqin tergovchi respublika bosqichiga yo`llanma oldi.

Kuni kecha ushbu ko`rik-tanlovning respublika bosqichi bo`lib o`tdi. Ishtirokchilar ko`­rik-tanlovning sport yo`nalishi shartlarini bajarish uchun Toshkent shahar IIBBga qarashli sport majmuasiga yig`ilishdi. Tanlov shartlariga ko`ra, ishtirokchilar turnikda tortilish, 100 va 3000 metrga yugurish, o`q otish va qo`l jangi shart­larini bajargach, test savollariga javob berdilar hamda suhbatdan o`tdilar.

Ko`rik-tanlov natijalariga ko`ra, «Eng yaxshi tergov jamoasi» nominasiyasida Navoiy viloyati IIB tergov jamoasi birinchi o`ringa loyiq deb topildi. «Eng yaxshi tergovchi» nominasiyasida Xorazm viloyati Urganch shahar IIB tergov bo`limi tergovchisi, leytenant Yusupjon Yusupov birinchi o`ringa munosib ko`rildi. 

    Boshqa yangiliklar