AsosiyDunyo

Rog`undan 28 kilometr uzoqlikda magnitudasi 5,5 bo`lgan zilzila yuz berdi

Tojikiston sharqida bugun mahalliy vaqt bilan soat 08:31 da magnituda kuchi 5,5 bo`lgan zilzila ro`y berdi. Zilzila epimarkazi Rog`un shahri yaqinida bo`lgan, u mamlakat poytaxti- Dushanbeda ham sezilgan.

"Interfaks" ma`lumotlariga ko`ra, epimarkaz Rog`undan 28 kilometr uzoqda 11,2 kilometr chuqurlikda bo`lgan.

Tojikiston poytaxtida silkinish bir necha soniya davom etgan. Mamlakat Favqulodda vaziyatlar bo`yicha Qo`mita xizmatining xabar berishicha, vayronalar haqida ma`lumotlar kelib tushmagan.

    Boshqa yangiliklar