AsosiyJamiyat

O`quvchilar o`rtasida eng yaxshi “Huquq bilimdonlari” aniqlandi

Joriy yilning 15-16 may kunlari Xalq ta`limi vazirligi tomonidan umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilari o`rtasidagi “Huquq bilimdonlari” respublika tanlovining yakuniy bosqichi o`tkazildi.

Mazkur tanlov Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Adliya vazirligi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati bilan xamkorlikda tashkil etildi.

Joriy yilgi tanlovning ilk bosqichida 48 695 nafar o`quvchilar ishtirok etgan bo`lsa, ulardan 965 nafari ikkinchi bosqichga yo`llanmani qo`lga kiritdi. Yakuniy bosqichda esa 70 nafar o`g`il qiz o`zlarining bilimlarini sinovdan o`tkazdilar.

Test va savol-javob orqali joylardan kelgan jamoalar o`zlarining bilimlarini namoyish etgan bo`lsa, sahna ko`rinishlari orqali yoshlar orasida huquqbuzarlikning oldini olish va turli illatlarga qarshi kurashish masalalriga alohida urg`u berdilar.

Tanlov natijalariga ko`ra Namangan viloyatining “Yosh advokatlar” jamoasi 3-o`rin, Buxoro viloyatining “Adolat” guruhi ikkinchi o`rinni qo`lga kiritgan bo`lsa, 1-o`ringa Navoiy viloyatidan tashrif buyurgan “Yuksak ma`naviyatli avlod” guruhi loyiq deb topildi. G`oliblarga vazirlikning diplomlari va qimmatbaho sovg`alar topshirildi.

    Boshqa yangiliklar