Eshitishimcha, yurtimizda bor-yo`g`i ikkita oliy ta`lim muassasasida sirtqi bo`lim mavjud ekan. Shulardan biri Toshkent axborot texnologiyalari universiteti. Men ana shu oliy ta`lim muassasasining sirtqi bo`limiga qabul shartlari haqida bilmoqchi edim. Iltimos, shu haqda ma`lumot bering.
F.Otajonova, Qashqadaryo viloyati
Mushtariy so`rovini inobatga olib, ushbu sahifamizdagi ma`lumotlarni aynan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti haqidagi ma`lumotlar bilan boshlashga qaror qildik.
TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI UNIVERSITETI
MAVJUD FAKULTETLAR
- Kompyuter injiniringi fakulteti
- Dasturiy injiniring fakulteti
- Telekommunikasiya texnologiyalari fakulteti
- Televizion texnologiyalar fakulteti
- AKT sohasida iqtisodiyot va menejment
- AKT sohasida kasb ta`limi
- MA`LUMOT UChUN
Bugungi kunda mazkur oliygohda to`lov shartnoma asosida 4013 talaba, davlat granti asosida esa 1801 talaba bakalaviriat yo`nalishida ta`lim olmoqda. Magistratura yo`nalishida esa to`lov shartnoma asosida 265 talaba, davlat granti asosida esa 88 nafar talaba tahsil olmoqda.
O`TGAN YILI ENG KO`P O`RIN AJRATILGAN FAKULTETLAR
AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti
Axborot kommunikasiya texnologiyalari sohasida iqsodiyot va menejment yo`nalishi
Davlat granti asosida 11, to`lov shartnoma asosida esa 26 nafar talabalar qabul qilingan. 513 nafar abiturient hujjat topshirgan, bu bir o`ringa 13.8 abiturient raqobatlashgan, degani.
O`tish ballari (o`zbek guruhlarda):
- davlat granti asosida 194,7
- to`lov shartnoma asosida esa 175,4
AKT sohasida kasb ta`limi fakulteti
Axborot kommunikasiya texnologiyalari sohasida kasb ta`limi yo`nalishi
Davlat granti asosida 11, to`lov shartnoma asosida esa 26 nafar abiturient talabalar safiga qabul qilingan. Hujjat topshirgan abiturientlar soni esa 430 nafar. Bir o`ringa 11.6 abiturient talabalar safiga qabul qilinish uchun sinovdan o`tgan.
O`tish ballari (o`zbek guruhlarda):
- davlat granti asosida 134,9
- to`lov shartnoma asosida esa 108,4
Dasturiy injiniring fakulteti
Dasturiy injiniring yo`nalishi
Davlat granti asosida 22 o`rin, to`lov shartnoma asosida esa 52 o`rin ajratilgan. Mazkur fakultetga jami 431 nafar abiturient hujjat topshirgan. Bu ko`rsatkich esa bir o`ringa 5.8 nafar abiturient raqobatlashganidan dalolat.
O`tish ballari (o`zbek guruhlarda):
- davlat granti asosida 181,5,
- to`lov shartnoma asosida esa 134,0
AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti
Pochta aloqasi texnologiyasi yo`nalishi
Davlat granti asosida 19 o`rin, to`lov shartnoma asosida esa 38 o`rin ajratilgan. Mazkur fakultetga jami 918 nafar abiturient hujjat topshirgan. Bu ko`rsatkich esa bir o`ringa 16.1 nafar abiturient raqobatlashganidan dalolat.
O`tish ballari (o`zbek guruhlarda):
- davlat granti asosida 137,7
- to`lov shartnoma asosida esa 117,9
- ESLATIB O`TAMIZ:
Toshkent axborot texnologiyalar universitetining “Televizon texnologiyalar fakulteti”da sirtqi bo`lim mavjud bo`lib, unga quyidagi talablarga javob beradigan abiturientlar hujjatlarini topshirishlari mumkin:
soha bo`yicha kasb-hunar kollejlarini tugatganlik to`g`risida diplom;
hujjat topshirgunga qadar 3 yil televidenie sohasida ishlagan va ayni vaqtda ham ishlayotgan bo`lishi lozim;
MTRK raisining tavsiyanomasi talab qilinadi.
Yon daftaringizga
Manzil: Amir Temur ko`chasi, 108, Toshkent 100202
Mo`ljal: Toshkent Teleminorasi
Veb-sayt: www.tuit.uz
Avtobus yo`nalishlari: 95
Faks: (+998-71) 228-02-32
O`ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYaSI
MAVJUD FAKULTETLAR
- Musiqashunoslik, fortepiano, akademik xonandaligi, xor drijorligi fakulteti
- Bastakorlik, orkestr cholg`ulari, estrada san`ati fakulteti
- Sharq musiqasi fakulteti
- MA`LUMOT UChUN
Bugungi kunda mazkur oliygohda to`lov shartnoma asosida 858 talaba, davlat granti asosida esa 492 talaba bakalaviriat yo`nalishida ta`lim olmoqda. Magistratura yo`nalishida esa to`lov shartnoma asosida 43 talaba, davlat granti asosida esa 15 nafar talaba tahsil olmoqda.
O`TGAN YILI ENG KO`P O`RIN AJRATILGAN FAKULTETLAR
Bastakorlik, orkestr cholg`ulari, estrada san`ati fakulteti
Bastakorlik san`ati yo`nalishi
Davlat granti asosida 4, to`lov shartnoma asosida esa 7 nafar talabalar qabul qilingan. 22 nafar abiturient hujjat topshirgan, bu bir o`ringa 2.0 abiturient raqobatlashgan, degani.
O`tish ballari (o`zbek guruhlarda):
- davlat granti asosida 108,9
- to`lov shartnoma asosida esa 89,5
Musiqashunoslik, fortepiano, akademik xonandaligi, xor dirijyorligi fakulteti
San`atshunoslik: musiqashunoslik yo`nalishi
Davlat granti asosida 5, to`lov shartnoma asosida esa 8 nafar abiturient talabalar safiga qabul qilingan. Hujjat topshirgan abiturientlar soni esa 34 nafar. Bir o`ringa 2.6 abiturient talabalar safiga qabul qilinish uchun sinovdan o`tgan.
O`tish ballari (o`zbek guruhlarda):
- davlat granti asosida 141,3
- to`lov shartnoma asosida esa 98,0
Musiqashunoslik, fortepiano, akademik xonandaligi, xor dirijyorligi fakulteti
Dirijyorlik xor drijyorligi yo`nalishi
Davlat granti asosida 4 o`rin, to`lov shartnoma asosida esa 11 o`rin ajratilgan. Mazkur fakultetga jami 36 nafar abiturient hujjat topshirgan. Bu ko`rsatkich esa bir o`ringa 2.4 nafar abiturient raqobatlashganidan dalolat.
O`tish ballari (o`zbek guruhlarda):
- davlat granti asosida 127,6
- to`lov shartnoma asosida esa 103,5
Bastakorlik, orkestr cholg`ulari, estrada san`ati fakulteti
Vokal san`ati: estrada xonandaligi yo`nalishi
Davlat granti asosida 8 o`rin, to`lov shartnoma asosida esa 8 o`rin ajratilgan. Mazkur fakultetga jami 71 nafar abiturient hujjat topshirgan. Bu ko`rsatkich esa bir o`ringa 4.4 nafar abiturient raqobatlashganidan dalolat.
O`tish ballari (o`zbek guruhlarda):
- davlat granti asosida 144,0
- to`lov shartnoma asosida esa 123,5
Yon daftaringizga
Manzil: Olmazor ko`ch, 1 Toshkent, 100027
Mo`ljal: Metroning Paxtakor bekati
Veb-sayt: www.scu.uz
Faks: (+998-71) 244-53-20
TOShKENT DAVLAT YuRIDIK UNIVERSITETI
MAVJUD FAKULTETLAR
- Yuristprudensiya ta`lim yo`nalishi
- MA`LUMOT UChUN
Bugungi kunda mazkur oliygohda to`lov shartnoma asosida 1493 talaba, davlat granti asosida esa 276 talaba bakalaviriat yo`nalishida ta`lim olmoqda. Magistratura yo`nalishida esa to`lov shartnoma asosida 183 talaba, davlat granti asosida esa 29 nafar talaba tahsil olmoqda.
O`TGAN YILI ENG KO`P O`RIN AJRATILGAN FAKULTETLAR
Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo`yicha) o`zbek guruhlari
Davlat granti asosida 51, to`lov shartnoma asosida esa 339 nafar talabalar qabul qilingan. 4405 nafar abiturient hujjat topshirgan, bu bir o`ringa 11.3 abiturient raqobatlashgan, degani.
O`tish ballari (o`zbek guruhlarda):
- davlat granti asosida 211,7
- to`lov shartnoma asosida esa 182,5
Yurisprudensiya ( faoliyat turlari bo`yicha ) rus guruhlari
Davlat granti asosida 9, to`lov shartnoma asosida esa 51 nafar abiturient talabalar safiga qabul qilingan. Hujjat topshirgan abiturientlar soni esa 477 nafar. Bir o`ringa 8.0 abiturient talabalar safiga qabul qilinish uchun sinovdan o`tgan.
O`tish ballari (rus guruhlarida):
- davlat granti asosida 201,7
- to`lov shartnoma asosida esa 154,6
Yon daftaringizga
Manzil: Sayilgoh ko`chasi, 35-uy, Toshkent 100047
Mo`ljal: Metroning Amir Temur xiyoboni metro bekati
Veb-sayt: www.tsul.uz
Avtobus yo`nalishlari: 93, 51, 67, 85, 38
Faks: (+998-71) 233-37-48
TOShKENT TO`QIMAChILIK VA ENGIL SANOAT INSTITUTI
MAVJUD FAKULTETLAR
- Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti
- To`qimachilik sanoat texnalogiyasi fakulteti
- Engil sanoat texnologiyasi fakulteti
- Avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa fakulteti
MA`LUMOT UChUN
Bugungi kunda mazkur oliygohda to`lov shartnoma asosida 2365 talaba, davlat granti asosida esa 1180 talaba bakalaviriat yo`nalishida ta`lim olmoqda. Magistratura yo`nalishida esa to`lov shartnoma asosida 137 talaba, davlat granti asosida esa 107 nafar talaba tahsil olmoqda.
O`TGAN YILI ENG KO`P O`RIN AJRATILGAN FAKULTETLAR Avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa fakulteti
Menejment ( tarmoqlar va sohalar bo`yicha ) yo`nalishi
Davlat granti asosida 3, to`lov shartnoma asosida esa 10 nafar talabalar qabul qilingan. 278 nafar abiturient hujjat topshirgan, bu bir o`ringa 21.4 abiturient raqobatlashgan, degani.
O`tish ballari (o`zbek guruhlarda):
- davlat granti asosida 178,9
- to`lov shartnoma asosida esa 148,6
Avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa fakulteti
Buxgalteriya hisobi va audit yo`nalishi
Davlat granti asosida 3, to`lov shartnoma asosida esa 10 nafar abiturient talabalar safiga qabul qilingan. Hujjat topshirgan abiturientlar soni esa 335 nafar. Bir o`ringa 25.8 abiturient talabalar safiga qabul qilinish uchun sinovdan o`tgan.
O`tish ballari (o`zbek guruhlarda):
- davlat granti asosida 186,5
- to`lov shartnoma asosida esa 163,0
Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti
Texnologik mashinalar va jihozlar ( tarmoqlar bo`yicha ) yo`nalishi
Davlat granti asosida 40 o`rin, to`lov shartnoma asosida esa 45 o`rin ajratilgan. Mazkur fakultetga jami 720 nafar abiturient hujjat topshirgan. Bu ko`rsatkich esa bir o`ringa 8.5 nafar abiturient raqobatlashganidan dalolat.
O`tish ballari (o`zbek guruhlarda):
- davlat granti asosida 140,7,
- to`lov shartnoma asosida esa 121,0
Engil sanoat texnologiyasi fakulteti
Kasb ta`limi: tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi yo`nalishi
Davlat granti asosida 5 o`rin, to`lov shartnoma asosida esa 10 o`rin ajratilgan. Mazkur fakultetga jami 282 nafar abiturient hujjat topshirgan. Bu ko`rsatkich esa bir o`ringa 18.8 nafar abiturient raqobatlashganidan dalolat.
O`tish ballari (o`zbek guruhlarda):
- davlat granti asosida 101,6
- to`lov shartnoma asosida esa 80,6
Yon daftaringizga
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko`chasi, 5 uy
Mo`ljal: Askiya bozori
Veb-sayt: www.titli.uz
Avtobus yo`nalishlari: 38, 58, 57, 3, 94, 40, 76, 80, 12, 45, 98
Faks: (8671) 253-36-17
ESLATIB O`TAMIZ:
O`zbekiston davlat konservatoriyasining barcha fakultetlarida hamda Toshkent to`qimachilik va engil sanoat institutining Kastum dizayn yo`nalishida ijodiy imtihonlar o`tkaziladi. Ijodiy imtihon vaqti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, ya`ni 11 iyuldan 25 iyulga qadar davom etadi. Abiturientlar ijodiy imtihonlarda 75.6 ballgacha to`plash imkoniyatiga ega bo`lishadi.
Feruz MAMATOV tayyorladi





