Joriy yilning 17-22 may kunlari Koreya Respublikasining “Vision Care Servise” xalqaro tashkiloti shifokorlari (10 nafar tashkilot xodimlari, oftalmologlar, tibbiyot hamshiralari, volonter) tomonidan Buxoro viloyati ko`p tarmoqli tibbiyot markazida 19-21 may kunlari (soat 08:00 dan 19:00 gacha) Buxoro va Navoiy viloyatlarida istiqomat qiluvchi bemorlarni kataraktani bartaraf qilish va ko`z gavharini almashtirish borasida umumiy chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazishadi.
Joriy yildagi xayriya aksiyasi davomida “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va “Vision Care Servise” xalqaro tashkilotlari o`zaro kelishuv memorandumi doirasida jami 300 nafardan ortiq ko`z sohasida kasalligi bo`lgan bemorlar oftalmologik tibbiy ko`rikdan o`tkazish va 80 nafar atrofidagi bemorlarda kataraktani bartaraf qilish va ko`z gavharini almashtirish jarrohlik amaliyotlari o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Tibbiy ko`rikdan o`tganlarga xorijlik mutaxassislar o`zlari bilan olib kelgan dori-darmon va sanitariya-gigeina vositalarini bemorlarga bepul tarqatishdi.
“Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi jismonan baquvvat, ma`nan etuk, ruhan tetik farzandlarni tarbiyalashda, onalik va bolalikni muhofaza qilish, “Sog`lom avlod” harakatini rivojlantirish maqsadida bir qator tadbirlarni o`tkazmoqda.
Sizga ma`lumki, “Sog`lom avlod uchun” fondi bir qator xalqaro hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hukumatimiz qarorlari hamda Davlat dasturlari ijrosini ta`minlash uchun bemor va nogiron bolalarni sog`lomlashtirish maqsadida qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. 2014 yil davomida fond mazkur yo`nalishda Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti, Koreya Respublikasining “Save the Children” xalqaro fondi, Koreya xalqaro sog`liqni saqlash KOFIH fondi, Ewha Womans University, Severance University, In Xa va Bundan Cha universitetlari gospitallari bilan hamkorlikda tug`ma yurak nuqsoni, terining kuyish asoratlari, tug`ma qo`l-oyoq bo`g`imlari va boshqa tashxislar bilan og`rigan O`zbekistonlik bemor bolalarni bepul sog`lomlashtirdi.
Jumladan, fond uzoq yillardan beri Koreya Respublikasining bir qator xalqaro tashkilotlari va Universitetlari bilan hamkorlikda keng ko`lamda faoliyat olib bormoqda. Fond 2015 yildan boshlab Koreya Respublikasining “Vision Care Servise” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikni yo`lga qo`ydi.
Ma`lumot o`rnida aytib o`tish kerakki, Koreya Respublikasining ushbu tashkiloti bilan oftalmologiya sohasidagi xayriya aksiyasi 2014 yil 14-16 aprel kunlari Farg`ona shahridagi Farg`ona viloyati oftalmologiya klinikasi Osiyo san`at va rifojlantirish instituti bilan “Daewoo International” korporasiyasi homiylik ko`magida tashkil etilgan. Xayriya aksiyasi davomida jami 250 nafar aholi (kataraktani bartaraf qilish va ko`z gavharini almashtirish borasidagi bemorlarga dori-darmonlar, ko`zoynaklar tarqatilgan) oftalmologik tibbiy ko`rikdan o`tkazilgan 84 nafar og`ir deb topilgan kataraktani bartaraf qilish va ko`z gavharini almashtirish borasidagi bemorlar jarrohlik amaliyoti orqali sog`lomlashtirilgan.





