O`zbekiston Qurolli kuchlari dunyoning eng qudratli qurolli kuchlari reytingida 54-o`rinni egalladi.
Ushbu reyting «Globalfirepower.com» saytida e`lon qilingan. UzDaily nashrining xabar berishicha, mazkur reytingdan dunyoning 126 davlati joy oldi. O`zbekiston reytingda Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo`ldi.
Qozog`iston armiyasi reytingda - 66, Qirg`iziston - 78, Tojikiston - 81, Turkmaniston - 90-o`rindan joy oldi. Ushbu reytingni tuzishda qo`shinlar soni, quruqlik, havo va dengizda jangovar harakatlar olib borish uchun mo`ljallangan harbiy texnika miqdori inobatga olindi.





