AsosiyJamiyat

Innovasion g`oyalar yarmarkasi va Kooperasion birjasi o`tkaziladi

19 -22 may kunlari poytaxtimizdagi «O`zekspomarkaz» milliy ko`rgazma kompaniyasining ko`rgazmalar zalida innovasion g`oyalar, texnologiyalar, loyihalar yarmarkasi va Kooperasion birjasi o`tkaziladi.

Har yili muntazam o`tkazib kelinadigan Xaqaro sanoat yarmarkasi va Kooperasion birjasi bugun yurtimizdagi yirik sanoat forumlaridan biriga aylandi. Ushbu tadbir ishtirokchilari nafaqat o`z mahsulotlarini taqdim etishlari, balki ishlab chiqarish sohasidagi texnik yangiliklar hamda hamkor tarmoq yoki korxonalarning yaqin kelajakdagi butlovchi qismlar yoki ishlab chiqarish materiallariga bo`lgan ehtiyojlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo`lishadi.

Bu yil innovasion g`oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi va Kooperasion birjasida “O`zavtosanoat” AKning 30 dan ortiq korxonalari ishtirok etishi ko`zda tutilgan.

Shuningdek, tadbir doirasida yangi ko`rinishdagi mahsulotlarni o`zlashtirish uchun kooperasiya aloqalarini rivojlantirish, ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan hom-ashyo va mahsulotlarni xarid qilish yoki etkazib berish bo`yicha shartnomalar tuzish hamda mahsulotlar eksporti bo`yicha kelishuvlarni amalga oshirish ham rejalashtirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar