AsosiyJamiyat

Rahmatilla Mirzaev qotilligi yuzasidan qo`zg`atilgan jinoyat ishi yakunlanish arafasida

Ma`lumki 2015 yilning 2 mart kuni soat 700 larda Zangiota tumanida yashovchi O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi suxandoni Raxmatilla Mirzaev murdasi o`z yashash uyida qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur qotillik yuzasidan olib borilayotgan tergov jarayoni to`g`risida ma`lumot olish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasiga murojaat qildik.

O`ta og`ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi boshlig`i adliya maslahatchisi A.Nazarovning bizga ma`lum qilishicha:

- “O`zteleradiokompaniya” suxandoni Raxmatulla Mirzaevning o`ldirilganligi hodisasi yuzasidan Toshkent viloyat Prokuraturasi tomonidan 02.03.2015 yilda JKning 97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Mazkur jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari Bosh prokuraturaning o`ta og`ir jinoyatlari tergov qilish boshqarmasi tomonidan davom ettirilib, hozirda yakunlanish arafasida.

Tergov natijalari bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlarni “Darakchi” gazetasining kelgusi sonlarida o`qishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar