AsosiyShou-biznes

Shahzoda: “Dushman otgan tosh, har tomchi ko`z yosh uchun rahmat...”

1 mayda etti kun davom etadigan 15 yillik yubiley konsertiga “start” bergan xonanda Shahzoda muxlislari qarshisiga chiqar ekan, “Sahnaga chiqishdan oldin juda qattiq hayajonlandim. Lekin siz aziz muxlislarimni ko`rib, hayajonim biroz tarqadi. Mehringiz uchun sizlardan minnatdorman! Bugun menga va ijodimga bo`lgan muhabbatingizni oqlashga harakat qilaman!” deya ichki kechinmalarini yashirmadi. Shahzoda hamma konsertda tomoshabin bilan xonanda o`rtasida turadigan baland sahnadan voz kechib, o`rtadagi “chegara”ni buzdi. 15 yillik ijodi davomida bitta-bitta ko`tarilgan “pillapoya”lariga muxlislar sabab erishganini unutmagan holda sahnani tomoshabin sari etaklovchi pillapoyali qilib qurdirgan bo`lsa ne ajab...

JAHONGIR POZILJONOV ChUChVARANI XOM SANABDI...

Noodatiy tarzda sahnada paydo bo`lgan Shahzoda gazetamizga bergan intervyusidagi va`dasiga sodiq qolgan holda kutilmagan duetlarni taqdim etdi. Xonanda Ulug`bek Rahmatullaev bilan kuylangan sho`x tarona barchani raqsga chorladi. Shohruxxon ishtirokidagi sokin duet sahna ko`rinishida to`la ochib berildi. Katta shippak tagiga yashirinib sahnaga chiqqan Jahongir Poziljonov Shahzoda bilan raqsda bellashdi. Shahzoda “Chuchvarani xom sanabsan...” deya duetdoshining “sevgi”sini rad etdi. Harakatlanuvchi sahnada “Formula1” mashinasiga o`tirgan holda “Bari gal” deya xonandani chorlagan Jasur G`oipovning chiqishi ham hech kimni befarq qoldirmadi.

GULChEHRA EShOQULOVA, ULUG`BEK QODIROV VA ShAHZODANING TRIOSI

1-blok yakunida sahnaning chap tarafidagi aylana sahnachadan Shahzodaning imijida paydo bo`lgan aktrisa Gulchehra Eshonqulova “Hayot ayt” qo`shig`ini kuylay boshladi. So`ng Shahzoda sahna markazidan joy olib, qo`shiqni davom ettirdi. Sahnaning o`ng tomonidagi aylana sahnachada esa aktyor Ulug`bek Qodirov “trio”ning davomida ijro etdi. Bu uchlik “Fotima va Zuhra” filmidagi qahramonlarni yodga soldi. “Trio” tomoshabinlar uchun chindan kutilmagan sovg`a bo`ldi.  

SAROY TEPASIDAN ARQONDA TUShGAN MASHARABOZ

Konsertdagi eng quvnoq chiqishlar —  “Qaynona” qo`shig`iga qiziqchi Halima Ibragimova va “Sabo” raqs ansambli qizlari bilan sahnalashtirilgan sahna ko`rinishi hamda “Chikko” ijro etilganda Davlat sirki masharabozlarining tomoshabinlar bilan muloqoti, “Chikita” qo`shig`iga “Tomosha” bolalar guruhining jajji o`g`il-qizlari chiqishi bo`ldi. Xuddi sirkdagidek tomoshabinlar tepasidan arqonda pastga tushgan masharaboz barchani lol qoldirdi.

“YoMONLAR HAM BITTA DARS!”

Konsertning 5ta bloki orasida 1983 yildan boshlab to bugungi kunga qadar Farg`onada tug`ilgan jiydakokil qiz Shahzodaning hayoti monolog tarzida videorolik bilan berib borildi. Mazkur iqrornoma orqali shu kuni muxlislar Shahzodaning dil tubidagi kechinmalaridan vofiq bo`lishdi. Xiyonat, aldov, dugonalarining bo`xtonlari, dushmanlar bari-barisi xususida to`xtaldi. Iqrorlarini muxtasar qilib, “Rahmat hayot” nomli qo`shiqni kuyladi.  

Seni sevaman, seni sevaman hayot,

Neki so`radim bugun egaman hayot.

Men shunchali kuchlimas,

Yomonlar ham bitta dars.

Hammamiz oldingda qarz,

Rahmat hayot, dushman otgan tosh uchun

Har tomchi ko`zyosh uchun

Har tongi quyosh uchun, rahmat hayot!

FAKT:

  • Konsertda jami 22ta qo`shiq ijro etildi, shundan 8tasi yangi.
  • Shahzoda sahnada ? xil libosda namoyon bo`ldi.
  • Konsert rejissyori ???

Bilasizmi?

  • Shahzoda konsertning boshidan oxirigacha raqqosalar bilan baravar raqs tushdi. Hatto “Lazgi”da ham bellashdi.
  • Sahna rekvizitlaridan unumli foydalanganini ta`kidlamay iloj yo`q. Shuning uchun ham har bir chiqish o`ziga xoslik kasb etdi.

 

Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi.

Fotomuxbir: Islom RO`ZIEV

    Boshqa yangiliklar