O`zbekiston hukumati umumiy foydalanuvdagi xalqaro va davlat ahamiyatga ega avtomobil yo`llarini kapital ta`mirlash bo`yicha 2015 yilga mo`ljallangan dasturni qabul qildi, bu haqda Uzdaily nashri xabar bermoqda.
Hujjatni qabul qilishdan asosiy maqsad avtomobil yo`llari tarmog`ini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish, umumiy foydalanuvdagi xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo`llarining yo`l qoplamasini maqbul holatda saqlashni ta`minlash, shuningdek, ularni xalqaro transport yo`laklariga keng integrasiya qilishdan iborat.
O`zbekiston joriy yilda umumiy foydalanuvdagi xalqaro va davlat ahamiyatiga molik 111,6 kilometr avtomobil yo`llarini ta`mirlashni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, dastur doirasida O`zbekiston hukumati 1312,2 pogon metr ko`prik va yo`l o`tkazgichlarni ham ta`mirlanishi ko`zda tutilgan.
Ushbu maqsadlar uchun hukumat tomonidan 288,8 milliard so`m yo`naltiradi. Pul mablag`lari O`zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo`l jamg`armasi tomonidan ajratiladi.





