Bugungi kunda respublikamiz bo`yicha salkam 14 mln dona plastik kartochka muomalaga chiqarildi, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki matbuot xizmati.
Elektron hamyondan to`lovlarni uzluksiz qabul qilish uchun tijorat banklari tomonidan 163 mingdan oshiq chakana savdo va xizmat ko`rsatish korxonalari to`lov terminallari bilan ta`minlandi. To`lov terminallarini chekka hududlardagi chakana savdo va xizmat ko`rsatish ob`ektlariga ham o`rnatish, eskilarini yangisi bilan almashtirish choralari ko`rib borilmoqda. Aholi gavjum joylarda 2 mingga yaqin ko`pfunksiyali infokiosk va bankomatlar o`rnatildi.
Plastik kartochka egalari undan universal to`lov vositasi sifatida foydalanib, kundalik ehtiyoji uchun zarur bo`lgan oziq-ovqat va maishiy mahsulotlar, pullik, shuningdek, kommunal xizmatlar uchun to`lovlarni har qanday masofadan turib, istalgan vaqda amalga oshirishlar mumkin. Bunday qulaylik savdo va servis sohalaridan tushumlardagi ulushni 50 foizga etkazish, oxirgi besh yil mobaynida esa butun to`lovlar hajmini 3 marta oshishiga sharoit yaratdi. Ta`kidlash o`rinliki, hozirgi paytda har oyda o`rtacha 1,8 trln so`mdan ortiq tovarlar va xizmatlar, shuningdek, 187 mlrd so`m miqdoridagi kommunal to`lovlar elektron tizimlar orqali amalga oshirilmoqda.
Qayd etish lozimki, bugungi kunda ish haqi va ijtimoiy to`lovlarning bir oyda o`rtacha 50 foizdan ortig`i plastiklarga tushirib berilmoqda va zarur hollarda, mijozlarning talabiga ko`ra, bank kassalaridan naqd pulda berib borilmoqda.





