Forbes talqiniga ko`ra Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ketma-ket ikkinchi yil eng ko`p haq oladigan futbolchi deb topildi.
2014 yilda 30 yoshli forvard 79 million AQSh dollar ishlagan. Bu esa bir yil avvalgidan olti million ko`p. Shundan 52,2 millionni Ronaldu maosh va bonus sifatida olgan. Qolgan pullarni reklama shartnomalari hisobidan ishlagan.
Ro`yhatda ikkinchi o`rinni «Barselona» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi egalladi. O`tgan yil davomida u 70,5 million ishladi (48,5 million — maosh va bonus, 22 million — reklama). O`tgan yildagidek bu yil ham uchinchi pog`onani Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich egalladi. Uning daromadi 41,8 million (35,8 — maosh, 6 — reklama).
O`ntalikdagi qolgan o`rinlar quyidagicha taqsimlandi:
4. Garet Beyl («Real» — 34,9 million)
5. Neymar («Barselona» — 31,7 million)
6. Radamel Falkao («Manchester Yunayted» — 31 million)
7. Ueyn Runi («Manchester Yunayted» — 25,8 million)
8. Xames Rodriges («Real» — 25, 4 milion)
9. Serxio Aguero («Manchester Siti» — 25,3 milliona)
10. Luis Suares («Barselona» — 19,9 million)





