AsosiyJamiyat

Bektemir tumani elektr energiyani hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga to`liq ulandi

Toshkent shahar hokimligida bo`lib o`tgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali poytaxtimiz elektr energiyasi ta`minoti tizimini yanada rivojlantirish masalasiga bag`ishlangan matbuot anjumanida foydalanilgan elektr energiyasini hisobga oladigan zamonaviy priborlarni joriy etish istiqbollari ham ko`rib chiqildi.

Ayni paytda poytaxtimizda elektr energiyasi iste`molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan zamonaviy elektron hisoblagichlar o`rnatish davom ettirilmoqda.

Masalan, Bektemir tumani aholisi ushbu tizimga to`liq ulandi. Buning samarasida elektr energiyasi uchun to`lovlar o`z vaqtida amalga oshirilmoqda. Yaqin orada Mirobod, Mirzo Ulug`bek va Yakkasaroy tumanlari iste`molchilari ham ushbu tizimga ulanadi.

    Boshqa yangiliklar