Joriy yilning birinchi choragida Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joy qurish dasturiga muvofiq, 53,9 milliard so`mlik ish bajarildi. O`zbekiston Respublikasini 2015 yilning I choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hisobotida e`lon qilindi.
Bunyod etilgan turar-joy massivlarini muhandislik-kommunikasiya va ijtimoiy-bozor infratuzilmasi obektlari bilan ta`minlash maqsadida joriy yil boshidan buyon 76,5 kilometr gaz ta`minoti, 3 kilometrdan ziyod elektr va qariyb 6 kilometrlik suv tarmoqlari foydalanishga topshirildi.
Joriy yil boshidan buyon respublikada 1,9 million kvadrat metrdan ortiq (jumladan, qishloq joylarda 1,3 million kvadrat metr) uy-joy, 197,8 kilometr (169,2 kilometr) suv va 75,7 kilometr (53,9 kilometr) gaz tarmoqlari bunyod etildi.





