Yaqindagina tashkil qilingan Ochiq ma`lumotlar portali faoliyati aholi uchun foydali ma`lumotlar bilan tez orada muhim elektron manbaaga aylanadi.
Yod, zelyonka, askorbin kislotasi, validol, glitserin, glyukoza, bolalar panadoli, parasetamol, pirasetam, spirt, kaltsiy glyukonat kabi dori vositalarini muolaja jarayonida bekor qilinganligi haqidagi ma`lumotga egamisiz?
Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazining mutaxassisi Nigora Umarovaning xabar berishicha, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan Ochiq ma`lumotlar portalida 229 ta bekor qilingan dori vositalari e`lon qilindi.





