2014 yilning birinchi choragiga nisbatan yalpi ichki mahsulot hajmi 7,5, sanoat mahsulotlari – 7,9, qishloq xo`jaligi mahsulotlari – 6,3, xizmatlar hajmi 13,1 foiz o`sdi, deya xabar beradi O`zA.
Makroiqtisodiy barqarorlik davlat byudjetining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profisiti, tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi, shuningdek, soliq yukini 20,1 foizdan 19 foizga bosqichma-bosqich kamaytirish hisobidan yanada mustahkamlandi.
2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh etish va barqarorligini oshirishning ustuvor yo`nalishlari dasturi doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar banklar jami kapitalining 24,5 foiz va aktivlarining 28,1 foiz ko`payishiga xizmat qildi. Bank tizimi kapitalining etarlilik darajasi eng kam xalqaro standartlardan qariyb 3 barobardan ziyod darajada saqlandi. Bank tizimi likvidligi esa minimal talablardan 2 barobar ortadi. Joriy yil boshidan buyon Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 10 foizdan 9 foizga tushirilgani iqtisodiyotni kredit bilan ta`minlash hajmini 1,3 barobar oshirishda rag`batlantiruvchi omil bo`ldi.





