Toshkentning Hadra maydoni va Sebzor dahasini bog`laydigan yangi ko`prik qurilish ishlari nihoyasiga etmoqda.
Mazkur hududlarni bog`lovchi avtomobil ko`prigi yonidan piyodalar o`tishi uchun yo`lusti yo`li ham barpo etilayotganining guvohi bo`lish mumkin. Ushbu yo`l esklator, nogironlar aravachasini ko`tarib-tushiruvchi lift bilan jihozlangan.
Qurilish joyidan berilgan ma`lumotlarga ko`ra, mazkur inshoot yaqin kunlarda, aniqrog`i 9-may Hotira va qadrlash kuni munosabati bilan ochiladi.
Muxbirimiz Darakchi.uz uchun qurilish joyidan fotolavhalar taqdim etdi.

















