"O`zbekiston temir yo`llari" DATKga qarashli "O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJning "Turizm, reklama va marketing tadqiqotlari agentligi" Toshkent—Urganch—Toshkent yo`nalishi bo`ylab "Afsona" sayyohlik poezdi harakatini tashkil qildi.
Poezd O`zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi kengashi buyurtmasiga binoan tashkil etilgan. Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, poezd tarkibi 11 ta kupe, 1 ta plaskart va restoran vagonlaridan iborat.
Keyingi sayohat 2015 yilning 15 may kuniga mo`ljallangan. Turizm agentligi 36 kishilik guruh buyurtmalarini qabul qiladi.





