30 aprel kuni soat 13:00da Mercedes-Benz Conecto Low Floor rusumli yo`lovchi avtobusi yonib ketdi, bu haqda Uzdaily nashri xabar bermoqda.
69-sonli avtobus "Shimoliy vokzal" va "Algoritm" yo`nalishi bo`ylab harakatlanadi. Hodisa Toshkentning Shota Rustaveli ko`chasi ("Bratskie mogili" bekatida)da sodir bo`ldi. Yong`in oqibatida jabrlanganlar yo`q.
Ayni damda tergov ishlari olib borilmoqda. Dastlabki tahminlarga ko`ra, yong`in elektruzatish tizimidagi qisqa tutashuv oqibatida yuz bergan.





