O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yangi rahbar etib Ixtiyor Abdullaev tayinlandi.
Bosh Prokuraturadan tasdiqlangan ma`lumotlarga ko`ra, yangi rahbar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli buyrug`iga asosan tayinlangan.
Ixtiyor Abdullaev bungacha O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Shu paytgacha Bosh prokuror lavozimini Rashitjon Qodirov egallab kelayotgan edi.





