AsosiySport

Anjey Fonfara Sezar Chavesdan ustun keldi

AQShning Karson shahridagi “StabXab” arenasida tashkil etilgan boks oqshomining markaziy jangida yarim og`ir vazn toifasi vakillari – meksikalik Xulio Sezar Chaves hamda polshalik Anjey Fonfara o`zaro ringga ko`tarilishdi.

Ushbu nomdor bokschilar yaxshiroq reytingga ega bo`lish uchun o`zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishdi. Chaves faoliyatida yaxshiroq natijalar qayd etgan va raqiblarini nokautga uchratishda usta bokschilardan biri edi. Lekin bu safar buning aksi bo`ldi. To`qqizinchi raundda ketma-ket kuchli zarbalarni o`tkazib yuborgan Sezar va uning jamoasi mag`lubiyatni tan oldi. Bu haqda olamsport.com xabar berdi.

 

    Boshqa yangiliklar