AsosiyJamiyat

2015 yilda INXA universitetiga kirish imtixonlari respublikamizdagi boshqa oliy o`quv yurtlari test-sinovlaridan oldin bo`lib o`tadi

Toshkent shahridagi Inxa universitetiga 2015-2016 o`quv yili uchun 250 nafar talaba, shu jumladan, 120 nafar talaba “Kompyuter injiniringi” va 130 nafar talaba “Dasturiy injiniring” yo`nalishiga qabul qilinadi. Bu haqda telegraf.uz nashri xabar bermoqda.

Joriy yilgi qabul uchun abiturientlarni ingliz tili bo`yicha onlayn-sinov qaydnomasiga ro`yxatga olish jarayonlari shu yil 20 aprelgacha davom etadi. Ilk imtixon (ingliz tili) joriy yilning 3 may va 5 iyul kunlari bo`lib o`tadi. Ingliz tilidan 60 foizdan yuqori ball to`plagan abiturientlar ikkinchi bosqichga o`tadi. Fizika va matematika fanlarini o`z ichiga olgan ikkinchi imtixon shu yil 26 iyul kuni bo`lib o`tadi. Qabul imtixonlari uchun onlayn ravishda hujjat topshirish shu yilning 17 iyuliga qadar davom etadi.

Universitetda kirish imtixonlarida yuqori ball to`plagan 10 nafar talaba homiylar tomonidan ajratilgan grant mablag`lar asosida o`qitiladi, 10 nafar yuqori ball to`plagan talabalarga muassislar granti asosida qo`shimcha imtiyozlar beriladi. Bundan tashqari, to`lov shartnoma asosida ta`lim olayotgan talabalarni moddiy qo`llab-quvvatlash maqsadida, semestr yakunida imtihonlarni a`lo bahoga topshirgan 10 nafar talaba keyingi semestr uchun kontrakt to`lovlaridan ozod qilinadi.

Bu yil Inxa universitetiga kirish imtixonlari respublikamizdagi boshqa oliy o`quv yurtlari test-sinovlaridan oldin bo`lib o`tadi, Imtihon natijalari joriy yil 10 avgust kuni e`lon qilinadi.
Eslatib o`tamiz, ayni vaqtda Toshkentdagi Inxa universitetida 115 nafar talaba tahsil olmoqda.

    Boshqa yangiliklar