Estradamizning ikki nafar sevimli san`atkori, bir necha yillardan buyon muxlislarini o`z ijodi bilan xushnud etib kelayotgan maftunkor Shahzoda va Dj Piligrim talablarga binoan AQShda konsert dasturi taqdim etadilar. Bu haqda popcorn.uz nashri xabar beradi.
Yoz faslining eng qaynoq tadbirlaridan biri sifatida kutilayotgan bu konsert katta shou tarzida o`tkazilishi tabiiy.
Nyu-Yorkdagi “BIG APPLE MUSIC” kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan konsert Nyu-Yorkning “Master Theater”da 14-iyun kuni bo`lib o`tadi. Ma`lumki, Shahzoda ingliz tilidagi qo`shiqlari va kliplari bilan chet elda ham ko`p sonli muxlislariga ega. Uning ijod namunalari nufuzli xorijiy xit-paradlarda etakchi o`rinlarni egallab kelgan. Dj Piligrim ham o`z ijodi bilan ancha muxlislarga tanish. Shu ma`lumotga ega bo`lganimizdan so`ng, biz popcorn.uz sayti ma`muriyati Shahzoda va Dj Piligrim bilan boglandik va ushbu konsertda muxlislarni nimalar kutayotganini so`radik.
Shahzoda va Dj Piligrim o`z muxlislariga birgalikda kuylangan duet qo`shiqlaridan tashqari, "2015-yil tayyorlashgan yangi konsert programmasini va o`zining rus tilida kuylangan yangi duet qo`shiqni taqdim etamiz", deb konsertning sirlaridan birini ochdilar.
Ikki megayulduzning konserti katta shov-shuvlarga sabab bo`lishi aniq. Bu konsert xamda yangi duet haqidagi ma`lumot va yangiliklar bilan faqatgina saytimizni kuzatib xabardor bo`lishingiz mumkin.





