AsosiySport

David Luis “Barselona”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin

Xabaringiz bor, Fransiya chempionati 31-turida Marsel”ga qarshi kechgan uchrashuvda (3:2) PSJ himoyachisi David Luissonining orqa tomonidan jarohat olib, 4 hafta muddatga safdan chiqqandi. Klub rasmiy saytining xabar qilishicha, braziliyalik futbolchining tiklanish jarayoni jadal sur`atda o`tkazildi va bugun u“Barselona”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishga tayyor bo`lib turibdi. Bu haqda sports.uz nashri xabar beradi.

Ta`kidlash joizki, EChL chorak final dastlabki uchrashuvida PSJ o`z maydonida “Barselona” futbolchilarini qabul qiladi. Diskvalifikasiyalar tufayli Zlatan Ibragimovich, Marko Veratti va Serj Ore “parijliklar”ga yordam bera olishmaydi. Tyago Motta esa jarohati sabali o`yinni o`tkazib yuboradi.

 

    Boshqa yangiliklar