AsosiyShou-biznes

Dildora Niyozova: yangi hayotga qadam qo`yayotganlar uchun mahsus “Muborak” deb nomlangan klip (video)

San`at olamida bir necha yillardan beri ijod qilib kelayotgan, o`z qo`shiqlari bilan xalqimiz qalbidan joy olgan san`atkor Dildora Niyozova muxlislariga yangi qo`shig`iga ishlangan videoklipni saytimiz orqali taqdim etmoqda.

Xonandaning ijodidan o`rin olgan “Muborak” nomli yangi qo`shiq uchun “9999”  studiyasi tomonidan videomahsulot suratga olindi. Taniqli klipmeykerlar Hurshid va Nodir Sobirovlar bilan hamkorlikda ishlagan Dildora Niyozova tasvirga olish ishlaridan ko`ngli to`lgan ko`rinadi. 

Aytib o`tishishimiz lozim, “Muborak” taronasining matni ustida Rislig`oy Xotamova qalam tebratgan, musiqasini esa Rustam Tulashev bastalagan. Ikki yoshga baxt tilab, yangi hayotga qadam qo`yayotganlari bilan muborakbod etish istagida ijro etilgan yangi qo`shiq va unga ishlangan klipni tomosha qilib, bahramand bo`ling.  

    Boshqa yangiliklar