AsosiyShou-biznes

Rassom Qudratulla Ajimetovning shaxsiy ko`rgazmasi ochildi

O`zbekiston Badiiy Akademiyasining Ikuo Xirayama xalqaro madaniyatkarvonsaroyida rassom Qudratulla Ajimetovning “Ota uyim, ayvoningda izim qoldi...” deb nomlangan shaxsiy ko`rgazmasi ochildi, deb yozadi Uzbekistan Today axborot agentligi rasmiy sayti.

U muallifning 60 yilligiga bag`ishlandi. Q. Ajimetovning rangtasvir va grafika yo`nalishidagi ijod namunalari ushbu ko`rgazmadan joy olgan. Ayni paytda Qudratulla Ajimetov O`zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlar ijodiy birlashmasi a`zosi hisoblanadi. U uzoq yillar davomida K. Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutida tasviriy san`at sirlaridan dars bergan. Uning asarlari O`zbekiston Davlat san`ati muzeyi, Badiiy ko`rgazmalar direksiyasi, O`zbekiston Tasviriy san`at galereyasi kolleksiyalari hamda AQSh, Buyuk Britaniya, Isroil va Avstriyadagi xususiy kolleksiyalardan o`rin olgan.  

    Boshqa yangiliklar