Shu yilning 2 may kuni Las-Vegasda Meyvezer va Pakyao o`rtasida katta jang bo`lib o`tishi kutilmoqda. Ushbu jangni boshqaradigan hakam 10 ming AQSh dollari miqdorida gonorar oladi, deya xabar beradi olamsport.com nashri.
Ayni damda bu jangda referelik qilishi mumkin bo`lgan 6 referining nomzodi ko`rib chiqilmoqda. Ular orasida Kenni Beyless va Toni Viksning imkoniyati yuqori baholanmoqda.
Bokschilar esa tegishlicha 120 va 80 mln dollarga ega chiqishadi. Jangdan tushadigan foyda 400 million dollar atrofida bo`lishi taxmin qilinmoqda.





