Turk seriallari orqali barchamizga yaxshi tanish bo`lgan aktyor Murat Yildirim bugun 36 yoshga to`ldi. U 1979 yili Turkiyaning Konya shahrida tug`ilgan. Uning otasi o`qituvchi, onasi esa arab tili tarjimoni bo`lishgan. U o`z istagiga ko`ra, Istambulning texnika universitetini tamomlagan. Asl mutaxassisligi muxandis-mexanik. Bundan tashqari u bolaligidan musiqa va teatr san`atiga ham qiziqqan. Talabalik yillaridayoq u universitetdagi teatr sahnalarida ham o`z rollari bilan ishtirok etgan.
2000 yili universitetdan so`ng Murat teatrga ishga kiradi. 3 yildan so`ng esa, u ilk bor “O`lmas sevgi” serialida rol ijro etadi.
So`ngra, “Mening bolalarim”, “Katta yolg`on” va boshqa bir qancha seriallardagi rollaridan so`ng, nihoyat 2006 yili unga katta mashxurlik olib kelgan “Bo`ron” serialigi bosh rolni o`ynaydi. Shu yili u “Oltin apelsin” mukofotiga sazovor bo`lgan.
2007-2009 yillarda u O`zbekistonda ham namoyish etilgan “Osiyo” searialida aktrisa Tuba Buyukustun bilan bosh rolda gavdalanadi.
“Bo`ron” serailini suratga olish chog`ida u bo`lajak rafiqasi, aktrisa Burchin Terzioglu bilan tanishadi. Bir yildan ortiq vaqt mobaynida Turkiya ommaviy axborot vositalari ularning muhabbatlari haqida yozadi. Nihoyat 2008 yili ular turmush qurishadi. 2014 yili esa ular ajralishgan.





