AsosiySport

Toshkentlik qizlarga hech kim bas kela olmadi

Toshkent shahrida voleybol bo`yicha ayollar o`rtasida O`zbekiston chempionati Oliy liga bahslari 3-turidan o`rin olgan barcha uchrashuvlar yakun topdi. Musobaqaning so`nggi kunida ikkita uchrashuv o`tkazilganligi haqida sports.uz saytining O`zbekiston voleybol federasiyasidagi manbasi xabar qilmoqda.

Toshkentning “SKIF” jamoasi o`tkazilgan barcha uchrashuvlarda maksimal g`alabalarni qo`lga kiritib, turnir jadvalida peshqadamlikni mustahkamlab oldi.

Nukuslik voleybolchi qizlar ancha ortda qolgan holda ikkinchi o`rinni egallab turishibdi. “UrdU” hamda “Olimp Andijonkollej” jamoalari esa mos ravishda uchinchi va to`rtinchi o`rinda joylashishdi.

    Boshqa yangiliklar